All

Fargʻonada bu yil 220 kilometr ichimlik va oqova suv tarmoqlari qurish hamda rekonstruksiya qilish ishlari bajariladi

Prezidentimizning 2022-yil 25-oktyabrda qabul qilingan “2022-2023-yillarda mahallalar infratuzilmasini yanada yaxshilash boʻyicha qoʻshimcha chora-tadbirlar toʻgʻrisida”gi qarori asosida Fargʻona viloyati hududlarida ichimlik va oqova suv taʼminoti bilan bogʻliq muammolarni bartaraf etish uchun respublika byudjetidan 426 mlrd. soʻm mablagʻ ajratildi.

15:37 17 Fevral 2023
Kuchli taʼsir qiluvchi dori vositalarining muomalaga kiritilishining oldi olindi

Mazkur holat yuzasidan Jinoyat kodeksining 251-1-moddasi (kuchli taʼsir qiluvchi yoki zaharli moddalarni qonunga xilof ravishda muomalaga kiritish) bilan jinoyat ishi qoʻzgʻatilib, tergov harakatlari oʻtkazilmoqda.

15:33 17 Fevral 2023
Davlat boshqaruvida xotin-qizlarning ulushi qancha boʻlishi kerak?

Mamlakatimizda amalga oshirilayotgan islohotlar davrida xotin-qizlarni qoʻllab-quvvatlashga doir davlat siyosatining samarali amalga oshirilishini taʼminlash, ularning huquqlari va qonuniy manfaatlarini himoya qilish, mamlakat ijtimoiy-siyosiy hayotidagi roli va faolligini oshirish, xotin-qizlar va erkaklar uchun teng huquq hamda imkoniyatlar kafolatlarini taʼminlash ustuvor vazifalardan...

15:32 17 Fevral 2023
Shaxsiy foto suratlarini ijtimoiy tarmoqlarda tarqatib yuborish bilan qoʻrqitgan tovlamachi ushlandi

Mazkur holat yuzasidan Jinoyat kodeksining 165-moddasi (tovlamachilik) va 141-1-moddasi (shaxsiy hayot daxlsizligini buzish) bilan jinoyat ishi qoʻzgʻatilib, tergovga tegishliligi boʻyicha yuborilgan.

15:30 17 Fevral 2023
Jizzax viloyatida 220 MVt quvvatli yirik quyosh fotoelektr stansiyasi qurilmoqda

BAAning “Masdar” kompaniyasi tomonidan Jizzax viloyatining Gʻallaorol tumanida 600 gektar yer maydonida umumiy quvvati 220 MVt boʻlgan yirik quyosh fotoelektr stansiyasi qurilmoqda.

15:27 17 Fevral 2023
“Elbekning gʻururi” – Paralimpiya oʻyinlari sovrindori haqidagi hujjatli film

Kinematografiya agentligi, Butunrossiya davlat kinematografiya instituti (BDKI)ning Toshkent filiali hamda “Hujjatli va xronikal filmlar studiyasi” DUK bilan hamkorlikda “Matonat maktabi” loyihasi boʻyicha bir qator filmlar suratga olingan.

15:22 17 Fevral 2023
Sirdaryoda qishloq xoʻjaligi xodimlari va ularning oila aʼzolari bepul tibbiy koʻrikdan oʻtkazilmoqda

Sogʻliqni saqlash vazirligi tomonidan eʼlon qilingan “Qishloq xoʻjaligi xodimlari salomatligi oyligi” davom etmoqda. Aksiya doirasida soha vakillari va ularning oila aʼzolari bepul tibbiy koʻrikdan oʻtkazilib, ehtiyojmand bemorlar salomatligini tiklash choralari koʻrilyapti.

15:19 17 Fevral 2023
40 va undan yuqori yoshda farzandlik boʻlgan ayollar soni qancha?

Statistika agentligining dastlabki maʼlumotlariga koʻra, 2022-yilda Oʻzbekistonda birinchi farzandini dunyoga keltirgan onalar soni 280 432 nafarni tashkil etgan.

15:16 17 Fevral 2023
Oʻzbekiston 2022-yilda 25 mingdan koʻp telefon eksport qilgan

Telefon eksporti 2021-yil bilan solishtirilganda qariyb 10,5 mingtaga oshgan.

15:13 17 Fevral 2023
Nishonlik tadbirkor noanʼanaviy usulda kartoshka yetishtirmoqda

Qashqadaryo viloyatining choʻl hududi hisoblangan Nishon tumanida oʻtgan yili bahorda kartoshka ekilib, har gektaridan 25 tonnadan jami 3 ming tonna hosil yigʻib-terib olingan edi.

15:04 17 Fevral 2023
Navoiy kon-metallurgiya kombinati mutaxassislari Koreya Respublikasida boʻldilar

Mamlakatimiz sanoatining yirik quvvatlaridan sanalgan “Navoiy kon-metallurgiya kombinati” AJ oʻz faoliyat koʻlamini yil sayin kengaytirib, tabiiy qazilma boyliklar, xomashyo resurslari asosida xalqaro bozorga raqobatbardosh mahsulotlar bilan kirish yoʻlida dadil qadamlar tashlamoqda.

14:58 17 Fevral 2023
Buxorolik hamshiralar xorijda malaka oshirish imkoniga ega boʻlmoqda

Maʼlumotlarga qaraganda, Buxoro viloyat tibbiyot tizimida faoliyat olib borayotgan oʻrta maxsus tibbiyot xodimlari soni 25 ming nafar atrofida.

14:50 17 Fevral 2023
Jahon banki tomonidan tibbiyot yoʻnalishida amalga oshirilayotgan loyihalar ijrosi muhokama qilindi — SSV

Unda tibbiyot sohasida olib borilayotgan hamkorlik istiqbollari haqida soʻz bordi.

14:40 17 Fevral 2023
Yanvar oyida 5 ming nafar chet el fuqarosi davolanish maqsadida Oʻzbekistonga kelgan

Statistika agentligi maʼlumotlariga koʻra, 2023-yilning yanvar oyida 5 ming nafar chet el fuqarolari davolanish maqsadida Oʻzbekistonga tashrif buyurgan.

14:35 17 Fevral 2023
Pandemiyani bekor qilishga hali erta — JSST

Jahon sogʻliqni saqlash tashkilotining Favqulodda holatlar boʻyicha qoʻmitasi yigʻilishida mpox (maymun chechagi) virusi pandemiyasini bekor qilishga hali erta, degan qarorga kelindi.

14:32 17 Fevral 2023
1-maydan foydalanishga topshiriladigan koʻp qavatli uylar tomlarida quyosh panellari oʻrnatiladi

Markaziy bank va tijorat banklari tomonidan 2023-yil 1-martdan “yashil energiya” bank moliya produkti amalga kiritiladi.

14:28 17 Fevral 2023
Aholiga quyosh panellari orqali ishlab chiqarilgan elektr energiyasi uchun subsidiya beriladi

“2023-yilda qayta tiklanuvchi energiya manbalarini va energiya tejovchi texnologiyalarni joriy etishni jadallashtirish chora-tadbirlari toʻgʻrisida”gi Prezident qarori (PQ–57-son, 16.02.2023-y.) qabul qilindi.

14:22 17 Fevral 2023
20-28-fevral kunlari “Inson huquqlari haftaligi” oʻtkaziladi

Bu haqda AOKAda oʻtkazilgan brifingda Inson huquqlari boʻyicha Oʻzbekiston Milliy markazi axborot xizmati rahbari Gʻulom Mirzayev maʼlum qildi.

14:10 17 Fevral 2023
Prezident maʼrifat va tarbiyada ajdodlarimizning ilmiy merosiga tayanish lozimligini taʼkidladi

Prezident Shavkat Mirziyoyev Buxoro viloyatiga kelib, Bahouddin Naqshband maqbarasini ziyorat qildi.

14:00 17 Fevral 2023
Oʻzbekistonning barcha hududlarida 17-fevral kuni yomgʻir yogʻadi

“Oʻzgidromet” Oʻzbekiston boʻylab 17-fevral kuni kuzatiladigan ob-havo maʼlumotini eʼlon qildi.

01:55 17 Fevral 2023

Yangiliklar taqvimi

Кластер