Jizzax viloyatida 220 MVt quvvatli yirik quyosh fotoelektr stansiyasi qurilmoqda

15:27 17 Fevral 2023 Jamiyat
649 0

BAAning “Masdar” kompaniyasi tomonidan Jizzax viloyatining Gʻallaorol tumanida 600 gektar yer maydonida umumiy quvvati 220 MVt boʻlgan yirik quyosh fotoelektr stansiyasi qurilmoqda.

Mazkur stansiya 2023-yilning dekabr oyida ishga tushirilishi rejalashtirilgan. Stansiya ishga tushirilishi natijasida yiliga 540 mln kVt⋅soat elektr energiyasi ishlab chiqariladi. Buning natijasida 135 mln kub metr tabiiy gaz tejalishiga erishiladi hamda 150 mingdan ortiq xonadonni elektr energiyasi bilan taʼminlash imkoni yaratiladi.

Taʼkidlash kerakki, mazkur quyosh fotoelektr stansiyasi Jizzax viloyatidagi birinchi va eng yirik elektr stansiya boʻlib hisoblanadi.

Eslatib oʻtamiz, stansiya qurilishi Prezidentimizning 2022-yil 14-yanvarda “Jizzax viloyati Gʻallaorol tumanida quvvati 220 MVt boʻlgan fotoelektr stansiyasi qurilishini tashkil etish chora-tadbirlari toʻgʻrisida” PQ-86-son qarori asosida amalga oshirilmoqda.

Tavsiya etamiz

Izohlar

Hozircha hech kim fikr bildirmagan. Balki Siz birinchilardan bo'larsiz?

Yangiliklar taqvimi

Кластер