Oʻzbekiston 2022-yilda 25 mingdan koʻp telefon eksport qilgan
Foto: Illustrativ foto
Statistika agentligining dastlabki maʼlumotlariga koʻra, Oʻzbekiston 2022-yilda xorijga qiymati 5 mln. AQSH dollariga teng boʻlgan 25 033 ta mobil telefonlarni eksport qilgan.
Telefon eksporti 2021-yil bilan solishtirilganda qariyb 10,5 mingtaga oshgan.
Oʻzbekiston 2022 oyda eng koʻp telefon eksport qilingan davlatlar:
— Rossiya – 16,8 mingta;
— Ukraina – 5,3 mingta;
— Qozogʻiston – 2,9 mingta.
Izohlar
Hozircha hech kim fikr bildirmagan. Balki Siz birinchilardan bo'larsiz?
Izoh qoldirish uchun tizimga kiring