All

Kelishilgan o‘yinda qatnashgan o‘zbekistonlik hakam va futbolchi umrbod futboldan chetlatildi

Ma’lum bo‘lishicha, O‘zbekiston Pro ligasida hakamlik qilib kelgan Lochin Dolimov o‘zining tanishi orqali xorijdagi A. ismli shaxs bilan Telegramda aloqa o‘rnatib, kelishilgan o‘yinlarni tashkil etishga uringan. 

11:36 25 Avgust 2023
“Tapendol” cheklangan giyohvandlik vositalari roʻyxatiga kiritildi

Vazirlar Mahkamasining 19.08.2023-yildagi “Oʻzbekiston Respublikasi Hukumatining ayrim qarorlariga giyohvandlik vositalari va kuchli taʼsir qiluvchi moddalarning muomalada boʻlishi yuzasidan nazoratni yanada takomillashtirishga qaratilgan oʻzgartirish va qoʻshimchalar kiritish toʻgʻrisida” 399-son qarori qabul qilindi.

11:29 25 Avgust 2023
Oʻzbekiston Parij-2024 yozgi Olimpiya oʻyinlariga ilk yoʻllanmani qoʻlga kiritdi

Ispaniyaning Valensiya shahrida oʻtayotgan badiiy gimnastika boʻyicha jahon chempionatidan ajoyib yangilik.

11:19 25 Avgust 2023
Oliy sud qatagʻon qurbonlarining yana bir guruhini oqladi

Jinoyat-protsessual kodeksining 83-moddasiga asosan 240 nafar shaxsga nisbatan Oliy sud Jinoyat ishlari boʻyicha sudlov hayʼati apellyatsiya instansiyasining oqlov hukmi chiqarildi.

11:10 25 Avgust 2023
Oʻqishni koʻchirish boʻyicha oʻtkazilgan test sinovlari yuzasidan apellatsiya arizalarini qabul qilish boshlandi

Talabalar oʻqishini xorijiy va nodavlat OTMlardan davlat OTMlariga koʻchirish boʻyicha oʻtkazilgan test sinovi natijasidan norozi boʻlgan talabgorlardan apellatsiya arizalarini qabul qilish boshlandi.

11:05 25 Avgust 2023
Madaniy boyliklarni yashirincha olib chiqishga boʻlgan urinishga chek qoʻyildi

Amaldagi tartiblarga koʻra ellik yil muqaddam va undan ham oldinroq yaratilgan madaniy boyliklarni Oʻzbekiston Respublikasidan olib chiqish mumkin emas.

11:00 25 Avgust 2023
“Samarqand — Toshkent — Samarqand” yoʻnalishida qoʻshimcha yoʻlovchi poyezdlar harakati yoʻlga qoʻyildi

1 sentyaabr — Mustaqillik kuni bayrami munosabati bilan yoʻlovchilarga qulaylik yaratish maqsadida 2023-yilning 28-avgust kunidan 3 sentyaabr kunigacha 767/768-sonli “Samarqand — Toshkent — Samarqand” yoʻnalishida “Afrosiyob” elektropoyezdining qoʻshimcha harakati yoʻlga qoʻyildi.

10:54 25 Avgust 2023
Travmatologiya va ortopediya sohasidagi ilgʻor davolash usullari hududlarda ham joriy etilyapti

Ixtisoslashgan tibbiy xizmat xalqqa yanada yaqinlashmoqda. Bir paytlar ilgʻor xorijiy mamlakatlar, keyinchalik asosan poytaxtda bajarilgan yuqori texnologik operatsiyalar, innovatsion diagnostika usullari endilikda hududlarda ham bosqichma-bosqich joriy etilyapti.

10:46 25 Avgust 2023
25 ta tumanda chorvachilik klasterlari tashkil etiladi

“Chorvachilikda identifikatsiya qilish tizimi va naslchilik sohasini takomillashtirishga oid qoʻshimcha chora-tadbirlar toʻgʻrisida”gi Prezident qarori (PQ–285-son, 24.08.2023-y.) qabul qilindi.

10:44 25 Avgust 2023
G7 davlatlari Rossiya aktivlarini qancha vaqt muzlatib qoʻyishini maʼlum qildi

G7 davlatlari Rossiya aktivlarini Ukrainaga tovon puli toʻlanmaguncha muzlatib qoʻyish niyatida.

23:56 24 Avgust 2023
Odamlarimiz biz belgilab olgan juda katta vazifalarning ijrosini kutyapti — Shavkat Mirziyoyev

Prezident Shavkat Mirziyoyev Samarqand viloyatini ijtimoiy-iqtisodiy rivojlantirish hamda yil yakuniga qadar amalga oshirilishi lozim boʻlgan asosiy vazifalar boʻyicha yigʻilish oʻtkazdi.

23:34 24 Avgust 2023
Samarqand tumanida qurilayotgan majmuada 10 mingga yaqin ish oʻrni boʻladi

Prezident Shavkat Mirziyoyev Samarqand tumanida barpo etilayotgan savdo, sanoat va servis majmuasining qurilish maydonida boʻldi.

18:20 24 Avgust 2023
Shavkat Mirziyoyev: Maqsadimiz - har bir yoshga munosib sharoit yaratish

Davlatimiz rahbari Samarqand viloyati Oqdaryo tumanidagi 32-umumtaʼlim maktabini kirib koʻrdi.

18:07 24 Avgust 2023
Prezident Samarqanddagi Biokimyo institutini borib koʻrdi

Prezident Shavkat Mirziyoyev Samarqand davlat universitetining Biokimyo instituti faoliyati bilan tanishdi.

17:58 24 Avgust 2023
Bekzod Abdurahmonov nomzodi Osiyo Olimpiya kengashi atletlar komissiyasi aʼzoligiga ilgari surildi

Osiyo Olimpiya kengashi Atletlar komissiyasi aʼzoligiga nomzodlar roʻyxatini eʼlon qildi.

17:21 24 Avgust 2023
Respublika boʻyicha metan “zapravka”larga tabiiy gaz belgilangan talabga asosan yetkazib berilmoqda. Metan gazning narxi ham oshgani yoʻq — Energetika vazirligi

Soʻnggi kunlarda ijtimoiy tarmoqlarda metan “zapravka”larda navbatning uzayib borayotgani, bunga bir qator metan “zapravka”larning yopiqligi sabab boʻlayotgani, mazkur vaziyat metan narxining oshishidan darak boʻlishi mumkinligi haqida turli xabarlar tarqalyapti.

16:28 24 Avgust 2023
Fargʻona viloyatida 45 ta isteʼmolchi elektr energiyasi va tabiiy gazdan noqonuniy foydalanishi natijasida tizimga 1 mlrd. 722 mln. soʻm zarar yetkazgan — Energetika vazirligi

Maʼlumot uchun: ushbu hajmdagi tabiiy gaz qariyb 3 mingta, elektr energiyasi esa 6 mingta xonadonning bir oylik isteʼmoliga tengdir.

16:24 24 Avgust 2023
Respublika ishchi guruhi Buxoroda

Respublika ishchi guruhining joylarda ijtimoiy-iqtisodiy vaziyatni oʻrganish hamda “Obod xonadon”, “Obod koʻcha” va “Obod mahalla” mezonlarini joylarda joriy etish, aholi bilan muloqot oʻtkazish va muammolarni bartaraf boʻyicha faoliyati Buxoro viloyatida davom ettmoqda.

16:13 24 Avgust 2023
Noqonuniy tovarlar harakatiga chek qoʻyildi

Sifati kafolatlanmagan alkogol mahsulotlarining noqonuniy harakatini aniqlash va unga chek qoʻyish borasida amalga oshirilayotgan ishlar doirasida Qoraqalpogʻiston Respublikasi bojxona boshqarmasi Kontrabandaga qarshi kurashish boʻlimi xodimlari tomonidan Davlat xavfsizlik xizmati, Ichki ishlar vazirligi va “Nukus vino zavodi” AJ xodimlari bilan hamkorlikda...

16:10 24 Avgust 2023
Mashhur rejissor Kventin Tarantinoning soʻnggi, 10-filmi 2025-yilda premyera qilinishi kutilmoqda

Qora yumor, sarkazmga boy dialoglari bilan tanilgan rejissor Kventin Tarantino oʻzining 10-filmi ustida ish olib bormoqda. Yangi film nomi “Kino tanqidchi” boʻlib, syujet real voqealarga asoslangan.

16:06 24 Avgust 2023

Yangiliklar taqvimi

Кластер