Madaniy boyliklarni yashirincha olib chiqishga boʻlgan urinishga chek qoʻyildi
Amaldagi tartiblarga koʻra ellik yil muqaddam va undan ham oldinroq yaratilgan madaniy boyliklarni Oʻzbekiston Respublikasidan olib chiqish mumkin emas.
Shunga qaramay, ayrim shaxslar tomonidan amaldagi qonunchilik talablariga zid ravishda madaniy boyliklarimizni respublikamiz hududidan noqonuniy tarzda olib chiqib ketishga urinish holatlari uchramoqda.
Yurtimizdan qoʻshni mamlakatga oʻtish uchun “Gʻishtkoʻprik” chegara bojxona postiga piyoda holda kirib kelgan fuqaro belgilangan tartibda qoʻl yuklari bojxona koʻrigidan oʻtkazildi. Fuqaroning qoʻl sumkasi ichidan yoʻlovchi bojxona deklaratsiyasida koʻrsatilmagan va ogʻzaki soʻrovda maʼlum qilinmagan 32 dona har xil turdagi tarixiy buyumlar borligi aniqlandi.
Mazkur holatda, ekspertiza xulosasiga koʻra respublikamiz hududidan olib chiqilishi taqiqlangan madaniy boyliklar sirasiga kirishi belgilandi.
Hozirda mazkur holat yuzasidan surishtiruv harakatlari davom etmoqda.
Izohlar
Hozircha hech kim fikr bildirmagan. Balki Siz birinchilardan bo'larsiz?
Izoh qoldirish uchun tizimga kiring