G7 davlatlari Rossiya aktivlarini qancha vaqt muzlatib qoʻyishini maʼlum qildi

23:56 24 Avgust 2023 Dunyo
1160 0

Illyustrativ foto

G7 davlatlari Rossiya aktivlarini Ukrainaga tovon puli toʻlanmaguncha muzlatib qoʻyish niyatida.

“Katta yettilik” davlatlari (Buyuk Britaniya, Germaniya, Italiya, Kanada, Fransiya, Yaponiya va AQSH) bloklangan Rossiya moliyaviy aktivlarini ushbu davlat Ukrainaga harbiy harakatlar paytida yetkazilgan zarar uchun tovon toʻlamaguncha muzlatilgan holatda saqlash niyatida. Bu haqda Oq uy matbuot xizmati xabar berdi.

“Katta yettilik” mamlakatlari yurisdiksiyalaridagi Rossiya suveren aktivlari Rossiya Ukrainaga yetkazgan zararni toʻlamaguncha bloklanadi”, — deyiladi press-relizda.

Matbuot xizmatiga koʻra, “Katta yettilik” davlatlari tegishli mexanizmlar ustida ishlashga tayyor va Rossiya Federatsiyasini “oʻzi qilgan vayronagarchilik” uchun javobgarlikka tortishning keyingi yoʻllarini koʻrib chiqadi.

Bungacha Yevropa Ittifoqi Rossiya Markaziy bankining muzlatilgan aktivlarini musodara qilish imkoniyati uchun huquqiy asos yaratish niyatida ekani xabar qilingandi.

Avvalroq, Rossiya prezidenti Vladimir Putin Rossiyaga biznes aktivlarini qaytarishni talab qilgan edi.

Tavsiya etamiz

Izohlar

Hozircha hech kim fikr bildirmagan. Balki Siz birinchilardan bo'larsiz?

Yangiliklar taqvimi

Кластер