Noqonuniy tovarlar harakatiga chek qoʻyildi

16:10 24 Avgust 2023 Jamiyat
665 0

Sifati kafolatlanmagan alkogol mahsulotlarining noqonuniy harakatini aniqlash va unga chek qoʻyish borasida amalga oshirilayotgan ishlar doirasida Qoraqalpogʻiston Respublikasi bojxona boshqarmasi Kontrabandaga qarshi kurashish boʻlimi xodimlari tomonidan Davlat xavfsizlik xizmati, Ichki ishlar vazirligi va “Nukus vino zavodi” AJ xodimlari bilan hamkorlikda tezkor tadbir oʻtkazildi.

Tadbir davomida “Xoʻjayli-Taxiatosh” yoʻnalishidagi A-380 trassasi boʻyidagi ekin maydoni yonidagi soʻqmoq yoʻlida toʻxtab turgan Isuzi rusumli yuk avtotransport vositasidan “Cobalt” rusumli avtotransport vositasiga xech qanday hujjatlari boʻlmagan 5 litrli 118 dona PET idishlarda “Antiseptik” nomli jami 590 litr etil spirti mahsulotlarini yuklab ortayotganligi holati aniqlandi.

Shundan soʻng, tadbir davom ettirilib Xoʻjayli tumanida joylashgan qurilishi toʻliq bitmagan uy koʻzdan kechirilganda, undan “YAMA” sifatida vaqtincha saqlash uchun foydalanib kelinayotganligi fosh boʻldi. Mazkur “Yama”da 5 litrli hajmdagi jami 122 dona PET idishlarda “Antiseptik” nomli jami 610 litr etil spirti mahsulotlari ashyoviy dalil tariqasida olindi.

Tezkor tadbir davomida jami 1200 litr etil spirti mahsulotlarining noqonuniy harakati va saqloviga chek qoʻyildi.

Ushbu holatda tegishli organlarning hamkorlikdagi samarali harakatlari natijasida, minglab tinch aholining sifati kafolatlanmagan alkogol mahsulotlaridan zaharlanishining oldi olindi, desak mubolagʻa boʻlmaydi.
Lekin, afsuski, oramizda moʻmay daromad ilinjida yurtdoshlarimizga salomatligi uchun xavfli boʻlgan spirt mahsulotlari va, katta ehtimol bilan, ulardan qoʻlbola usulda yasalgan alkogol ichimliklarini ravo koʻrishi achinarli hol.

Yuqorida aniqlangan huquqbuzarlik holati boʻyicha bojxona organlari tomonidan tergovga qadar tekshiruv harakatlari olib borilmoqda.

Tavsiya etamiz

Izohlar

Hozircha hech kim fikr bildirmagan. Balki Siz birinchilardan bo'larsiz?

Yangiliklar taqvimi

Кластер