CAFA Cup. O‘zbekiston g‘alaba bilan boshladi

19:34 05 Iyul 2018 Sport
2178 0

Bugun Toshkentda futbol bo‘yicha CAFA Cup musobaqasi boshlandi.

Unda 16 yoshgacha bo‘lgan futbolchilardan tarkib topgan O‘zbekiston, Afg‘oniston, Qirg‘iziston, Tojikiston terma jamoalari ishtirok etmoqda.

Musobaqning ilk uchrashuvida O‘zbekiston va Afg‘oniston terma jamoalari bir-biriga qarshi maydonga chiqdi.

E’tiborlisi, o‘yinda hisobni mehmonlar ochdi. Darvozabonning oldinga chiqib ketganidan foydalangan Ismatulloh Kozimi uzoq masofadan zarba berdi. Uning tepgan to‘pini himoyachi Sardor Abdurashidxo‘jayev qaytarmoqchi bo‘lgandi. Biroq baribir to‘p darvozaga kirib ketdi.

29-daqiqada hisob tenglashdi. O‘ng qanotdan Jasurbek Jamoliddinovning yerlatib uzatgan to‘piga raqib darvozaboni yeta olmadi. Timur Mamasiddiqov esa to‘pni bo‘sh qolgan darvozaga osonlik bilan joylab qo‘ydi — 1:1.

40-daqiqada vatandoshlarimiz hisobda oldinga o‘tib olishdi. Uzoq masofaga uzatilgan to‘pga himoyachi bilan kurashda tezlik bobida Igor Chikrizov ustunlik qildi. U to‘pga birinichi bo‘lib yetib borib, darvozani ishg‘ol qildi — 1:2.

Oradan ko‘p o‘tmay Temur Mamasiddiqov bir necha futbolchini aldab o‘tgan holda yana gol urishga muvaffaq bo‘ldi —1:3.

Ikkinchi bo‘limda zaxiradan maydonga tushgan Xusain Norchayev yana bir to‘p kiritib, hisobni 1:4 ko‘rinishiga keltirib qo‘ydi.

Ikkinchi turda O‘zbekiston terma jamoasi Qirg‘iziston terma jamoasiga qarshi bahs olib boradi.

Ushbu bahs 7 iyul kuni bo‘lib o‘tadi.

Tavsiya etamiz

Izohlar

Hozircha hech kim fikr bildirmagan. Balki Siz birinchilardan bo'larsiz?

Yangiliklar taqvimi

Кластер