“Byudjetda buncha pul yoʻq” – Qirgʻiziston Pfizer vaksinasidan voz kechmoqda

15:49 20 Yanvar 2021 Dunyo
1076 0

Qirgʻiziston Sogʻliqni saqlash vaziri Alimkadir Beyshenaliyev 19-yanvar kuni Amerikaning COVID-19ga qarshi Pfizer vaksinasi Qirgʻizistonga mos kelmasligini maʼlum qildi.

Maʼlumki, Qirgʻiziston vaksina va emlash boʻyicha Global Ittifoqning COVAX dasturida ishtirok etmoqda. Vazirning soʻzlariga koʻra, Global Ittifoq Qirgʻizistonga Amerikaning Pfizer vaksinasini taklif qildi. Unga koʻra 1 million 200 ming doza vaksina bepul beriladi. Biroq, vaksina -70 daraja haroratda saqlanishi kerak. Vaksinani olib kelish, saqlash va aholini emlash uchun maxsus muzlatgichlar zarur. Qirgʻizistonda bunday muzlatgichlar yoʻq. Shuningdek, bitta muzlatgich 4000 dollardan oshadi. Pfizer vaksinasini saqlash uchun qoʻshimcha 2 million dollar kerak. «Afsuski, byudjetda buncha pul yoʻq», dedi u.

Sogʻliqni saqlash vazirligi Global Ittifoqdan ittifoqda mavjud boshqa vaksinani soʻraydi.

“Shuningdek, biz Rossiya hukumati bilan Qirgʻizistonga vaksina yetkazib berish boʻyicha muzokaralar olib bormoqdamiz. Rossiya vaksinalari -2 dan -18 darajagacha boʻlgan haroratda saqlanadi. Bizda ushbu haroratni taʼminlaydigan muzlatgichlar bor”, deya qoʻshimcha qildi vazir.

«Koronavirus paydo boʻlganidan beri ancha vaqt oʻtdi va biz Qirgʻizistonda vaksina ishlab chiqaradigan zavod qurish haqida oʻylashimiz kerak. Bu vaksina sotib olgandan arzon boʻladi», dedi u.

Eslatib oʻtamiz, Qirgʻiziston Sogʻliqni saqlash vazirligi 12-yanvar kuni Pfizer vaksinasini oʻrganish boʻyicha hujjatlarni olganini eʼlon qilgan.

Tavsiya etamiz

Izohlar

Hozircha hech kim fikr bildirmagan. Balki Siz birinchilardan bo'larsiz?

Yangiliklar taqvimi

Кластер