Buyuk Britaniyaning yangi bosh qoʻmondoni Rossiya bilan urushga tayyorgarlik koʻrishga chaqirdi
Foto: РИА «Новости»
Buyuk Britaniya armiyasi bosh shtabi yangi boshligʻi general Patrik Sanders Ukrainada “maxsus harbiy operatsiya” muvaffaqiyatli yakunlangan taqdirda Rossiya goʻyoki Yevropaga jiddiy xavf tugʻdirishini aytdi. Bu haqda Reuters xabar bermoqda.
“Ukrainadagi «maxsus harbiy operatsiya” qanday yakunlanishini bilmaymiz, biroq aksariyat ssenariylarda u tugaganidan keyin Rossiya Yevropa xavfsizligiga avvalgidan ham keskinroq tahdid solishi taxmin qilinmoqda. Shunday ekan, agar mojaroning oldini olmoqchi boʻlsangiz, jangga tayyor boʻlishingiz kerak», deydi Sanders.
U Rossiya armiyasi bilan harbiy toʻqnashuvga tayyorgarlik koʻrishga chaqirib, Yevropa hududida harbiy harakatlar sodir boʻlgan taqdirda Buyuk Britaniya armiyasini safarbarlikka tayyorlashini taʼkidladi.
“Buyuk Britaniya armiyasi urush qoʻzgʻash uchun emas, balki uning oldini olish uchun safarbar qilinadi”, deydi Sanders.
Izohlar
Hozircha hech kim fikr bildirmagan. Balki Siz birinchilardan bo'larsiz?
Izoh qoldirish uchun tizimga kiring