Buyuk Britaniyadagi yirik “Covid-19” laboratoriyasida ommaviy zararlanish kuzatilgan — OAV

00:28 26 Dekabr 2020 Dunyo
1171 0

“Covid-19“ sinovlari oʻtkazadigan Buyuk Britaniyadagi eng yirik laboratoriyada ommaviy zararlanish kuzatilgan. Bu haqda ”Sky News” ismi oshkor boʻlishini istamagan laboratoriya xodimiga asoslanib xabar bermoqda.

Voqea Milton-Kins shahridagi “Milton Keynes Lighthouse Laboratory” laboratoriyasida yuz bergan. Bu yerda ishlaydigan toʻrtta guruh olimlaridan uchtasida infeksiyani yuqtirish holatlari qayd etilgan. Bundan tashqari, virus bilan maʼmuriyat xodimlari hamda ombor ishchilari ham zararlangan.

Infeksiya yuqtirganlarning soni aniq emas. Ammo manbaga koʻra, 70 nafar xodimdan 20 nafarga yaqini izolyatsiya qilingan.

Manbaga koʻra, muassasada xavfsizlik qoidalari koʻp buziladi. Bunga laboratoriyada tekshirish uchun kuniga 70 mingta sinov oʻtkazish zarurligi sabab boʻlmoqda. Bu haddan tashqari koʻp. Xodimning soʻzlariga koʻra, seshanba kuni mutaxassislar atigi 47 ming namunani oʻrganishga muvaffaq boʻlishgan.

Angliya milliy sogʻliqni saqlash tizimi vakili laboratoriyada virus tarqalganidan xabardorligini bildirib, muassasa xavfsizlik boʻyicha barcha koʻrsatmalarga rioya qilayotgani taʼkidlagan.

JSST maʼlumotlariga koʻra, Buyuk Britaniyada 2,1 million kishi koronavirus bilan zararlangan, qariy 70 ming kishi ushbu infeksiya oqibatlari tufayli vafot etgan. Yaqinda bu yerda “SARS-CoV-2” virusining yangi shtammi aniqlandi. U oldin maʼlum boʻlganlaridan 70 foiz yuqumliroq.

Tavsiya etamiz

Izohlar

Hozircha hech kim fikr bildirmagan. Balki Siz birinchilardan bo'larsiz?

Yangiliklar taqvimi

Кластер