Buyuk Britaniyada Rossiya bilan urush boshlanishi mumkinligi aytildi
Arxiv surat
Rossiya va Gʻarb oʻrtasidagi munosabatlarda sovuq urush davridagidan koʻra koʻproq taranglik kuzatilmoqda va bu urushga olib kelishi mumkin. Ushbu fikrlarni Britaniya mudofaa vaziri general Nik Karterning aytib oʻtdi, deb yozmoqda “Daily Express”.
Karter fikricha, davlatlar oʻrtasidagi raqobat xarakteri keskinlikning kuchayishiga olib kelmoqda.
“Baʼzi siyosatchilarimizning jangovar tabiati ularni mojaroning avj olishi xatolarga olib keladigan holatga keltirishiga yoʻl qoʻymasligi uchun ehtiyot boʻlishimiz kerak”, deydi Karter.
Nashr jurnalistlarining taʼkidlashicha, Gʻarbning xavotiriga Belarusning Polsha bilan chegarasidagi migratsiya inqirozi sabab boʻlmoqda.
Noyabr oyida Rossiya prezidenti Vladimir Putin Belarus va Polsha chegarasidagi vaziyat harbiy va iqtisodiy omillar bilan bogʻliqligini aytgan edi.
2021-yilda Belarusning Latviya, Litva va Polsha bilan chegarasiga odamlar oqib kela boshladi. 8-noyabr kuni bir necha ming kishi Polsha chegarasiga yaqinlashganidan soʻng inqiroz avj oldi. Ayni paytda ular chegara zonasini tark etmayapti. Ayni vaqtda muhojirlar chegarani buzib, Polsha hududiga kirishga harakat qilgan. 13-noyabr kuni esa 100 ga yaqin odam Polshaga hududiga kirishga muvaffaq boʻlgan.
Izohlar
Hozircha hech kim fikr bildirmagan. Balki Siz birinchilardan bo'larsiz?
Izoh qoldirish uchun tizimga kiring