Buyuk Britaniyada dahshatli boʻron kuzatilmoqda

21:33 18 Fevral 2022 Dunyo
1392 0

Foto: Reuters

Kecha, 17-fevral kuni Buyuk Britaniya janubida dahshatli boʻron yuzaga keldi. Dovul daraxtlar va uylarni agʻdarib tashladi.

Buyuk Britaniya meteorologiya boshqarmasining maʼlum qilishicha, Atlantika okeanining markaziy qismida boshlangan reaktiv oqim Yevropaga tomon burilgan va shuning oqibatida mamlakat hududida Yunis toʻfoni yuzaga kelgan. Maʼlumotlarga qaraganda, ushbu toʻfon aholi hayoti uchun katta xavf tugʻdiradi.

Boʻron dastlab Angliyaning gʻarbiy qismida yuzaga kelib, Kornuoll shahrigacha yetib kelgan. Toʻfon oqibatida kottejlar tomlari buzilib, devorlar qulagan. Bir qancha fuqaroning bedarak yoʻqolgani aytilmoqda.

Tabiiy ofat munosabati bilan mamlakat hududidagi maktablar yopildi, shuningdek, Angliya va janubiy Uels boʻylab aviareyslar va poyezd qatnovlari bekor qilindi.

Buyuk Britaniya Bosh vaziri Boris Jonson aholini vaziyat jiddiyligi yuzasidan ogohlantirib, ularni uyda qolishga chaqirdi.

Tavsiya etamiz

Izohlar

Hozircha hech kim fikr bildirmagan. Balki Siz birinchilardan bo'larsiz?

Yangiliklar taqvimi

Кластер