Buyuk Britaniya oʻz fuqarolariga Rossiyani tark etishni tavsiya qildi

19:33 05 Mart 2022 Dunyo
1124 0

Foto: Global Look Press

Buyuk Britaniya oʻz fuqarolariga agar u yerda boʻlish zarurati boʻlmasa, Rossiyani tark etish haqida oʻylash tavsiya qilindi. 

“Rossiyada boʻlishingiz juda zarur boʻlmasa, tijorat yoʻnalishlari orqali mamlakatni tark etish haqida oʻylashingizni tavsiya qilamiz”, deyiladi Buyuk Britaniya tashqi ishlar vazirligi xabarida.

Shu bilan birga, 22-fevral kuni Britaniya Tashqi ishlar vazirligi barcha britaniyaliklarni xavfsizlik nuqtayi nazaridan Ukrainani imkon qadar tezroq tark etishga chaqirdi. Fevral oyi oʻrtalarida Buyuk Britaniya elchixona xodimlarini Kiyevdan evakuatsiya qilgan edi.

Shuningdek, Buyuk Britaniya Ukraina rahbariyatiga boshpana berishga tayyorligini bildirdi.

Bunday bayonotlar Rossiyaning Ukrainadagi “harbiy maxsus operatsiyasi” bilan bogʻliq boʻlib, uning boshlanishini24-fevral kuni Rossiya prezidenti Vladimir Putin eʼlon qilgan edi.

Tavsiya etamiz

Izohlar

Hozircha hech kim fikr bildirmagan. Balki Siz birinchilardan bo'larsiz?

Yangiliklar taqvimi

Кластер