Buyuk Britaniya harbiylar tanqislik tufayli ikkita fregatni foydalanishdan chiqaradi
Foto: gov.uk
Birlashgan Qirollik ikkita fregat — “HMS Westminster” va “HMS Argyll”ni harbiy dengizchilar yetishmasligi tufayli foydalanishdan chiqaradi. Bu haqda “The Telegraph” oʻz manbalariga tayanib xabar bermoqda.
“Qirollik dengiz flotida shunchalik kam sonli dengizchilar borki, u oʻzining yangi sinfidagi fregatlarni boshqarish uchun ikkita harbiy kemani foydalanishdan chiqarishga majbur boʻldi”, deyiladi xabarda.
Qayd etilishicha, Britaniya harbiy-dengiz kuchlari ishga yollash boʻyicha yomon koʻrsatkichlari bilan boshqalardan ajralib turadi.
Oʻtgan yilning 24-dekabr kuni Buyuk Britaniya harbiy kemasi Gayana qirgʻoqlariga suzib borishi haqida xabar berilgan edi.
Buyuk Britaniya Mudofaa vazirligi vakilining soʻzlariga koʻra, “Trent” patrul kemasi London tomonidan Janubiy Amerikaga Venesuela tomonidan hududiy daʼvolarga duch kelayotgan sobiq Britaniya mustamlakasiga yordam belgisi sifatida yuboriladi.
Ekipaji 65 kishidan iborat boʻlgan ushbu harbiy kema odatda Oʻrta Yer dengizida faoliyat olib borgan.
Izohlar
Hozircha hech kim fikr bildirmagan. Balki Siz birinchilardan bo'larsiz?
Izoh qoldirish uchun tizimga kiring