Buyuk Britaniya Bosh vaziri Boris Jonson karantin qoidalarini buzgani uchun jarimaga tortiladi
Foto: PA
Buyuk Britaniya Bosh vaziri Boris Jonson Britaniya politsiyasi tomonidan koronavirus pandemiyasi davrida tartib-qoidalarni buzgani uchun jarimaga tortiladi.
“Bugun Bosh vazir politsiya unga jarima solishi haqida xabar oldi. Boshqa tafsilotlar yoʻq”, deydi hukumat vakili.
Shuningdek, mamlakat moliya vaziri Rishi Sunak ham jarima haqida xabardor qilingan.
Joriy yilning mart oyida London politsiyasi Boris Jonsonning Dauning-stritdagi ofisi va hukumatdagi yigirma nafar yuqori martabali amaldorlarning karantin vaqtida ommaviy tadbirda ishtirok etgani uchun jarimaga tortgani xabar qilingan edi.
2020-yil may oyida Jonson Dauning-stritdagi hukumat qarorgohida boʻlib oʻtgan tadbirda ishtirok etgandi. Oʻsha paytda mamlakatda oʻzini-oʻzi izolyatsiya qilish rejimi amalda boʻlgan.
Keyinroq jurnalistlar Buyuk Britaniyaning oʻnlab yuqori martabali amaldorlari ishtirok etgan yana bir qancha tadbirlar haqida xabarlar tarqatishgan edi.
Izohlar
Hozircha hech kim fikr bildirmagan. Balki Siz birinchilardan bo'larsiz?
Izoh qoldirish uchun tizimga kiring