Buvaydada deputat koʻmagi bilan maktab qurildi

11:40 17 Oktyabr 2018 Jamiyat
3163 0
Illyustrativ foto

Fargʻona viloyatining Buvayda tumani, Begabod QFY, Oltinqoʻrgʻon MFY aholisi farzandlarining taʼlim olishi uchun qishloqdan bir necha kilometr uzoqlikda joylashgan 12-umumiy oʻrta taʼlim maktabining filiali sifatida yangi maktab binosi qurib berilishini soʻrab, davlat idoralariga bir necha bor murojaat qiladi.

Maktab filiali qurilishi 2016 yil davlat investitsiya dasturiga kiritilishi haqidagi javobdan taskin topgan Oltinqoʻrgʻon aholisining “qurilish dasturiga kirmay qoldi” degan gapdan hafsalasi pir boʻladi.

Shundan soʻng mahalla ahli ushbu masalada yordam berishni soʻrab oʻzlari saylagan Oliy Majlis Qonunchilik palatasi deputati Avaz Oʻrinboyevga xat bilan murojaat qildi.

Oʻz navbatida, deputatning davlat idoralariga qilgan murojaatidan soʻng maktab binosi qurilishiga kirishildi. Oz emas, koʻp emas, 210 oʻringa moʻljallangan 2 qavatli zamonaviy maktab binosi 6 oyda bitkazilib, qishloq farzandlari 2018-2019 oʻquv yilini yangi binoda boshladi. 12-umumiy oʻrta taʼlim maktabining filiali sifatida ishlayotgan mazkur ilm dargohida bugun 1-6-sinfgacha boʻlgan 210 nafar qorakoʻz taʼlim-tarbiya olmoqda.

— Deputatimiz saʼy-harakatlari bilan qishlogʻimiz aholisi necha-necha zamonlardan beri koʻngliga tugib kelgan orzusiga nihoyat erishdi, — deyiladi Fargʻona viloyati Buvayda Oltinqoʻrgʻon MFY aholisi oqsoqollaridan deputat Avaz Oʻrinboyev nomiga kelgan tashakkurnoma maktubida.

Tavsiya etamiz

Izohlar

Hozircha hech kim fikr bildirmagan. Balki Siz birinchilardan bo'larsiz?

Yangiliklar taqvimi

Кластер