Butunjahon etnosport konfederatsiyasi raisi Nejmeddin Bilol Erdogʻan Oʻzbekistonga tashrif buyurdi
Joriy yilning 8-oktabr kuni “Hyatt Regency Tashkent” mehmonxonasida “Oʻzbekistonda etnosportning rivojlanish istiqbollari” mavzusida xalqaro konferensiya boʻlib oʻtdi.
Tadbirda Butun jahon etnosport konfederatsiyasi raisi Nejmeddin Bilol Erdogʻan qatnashdi.
– Yurtingizda milliy urf-odatlarni asrab-avaylash yuzasidan qilinayotgan ishlar tahsinga loyiqdir. Bu esa Oʻzbekistonning milliy sport turlarini dunyoga tanitish imkonini beradi, – deya taʼkidladi Bilol Erdogʻan.
Shuningdek, konferensiyada mamlakatimiz etnosporti haqidagi maʼlumotlarni umumlashtiruvchi “Oʻzbekiston etnosporti” nomli ensiklopediya tayyorlanayotgani maʼlum qilindi.
Izohlar
Hozircha hech kim fikr bildirmagan. Balki Siz birinchilardan bo'larsiz?
Izoh qoldirish uchun tizimga kiring