Butun mamlakat Qirolicha Yelizaveta IIning sogʻligʻi haqidagi xabarlardan xavotirda — Buyuk Britaniya bosh vaziri Liz Trass

18:57 08 Sentyabr 2022 Dunyo
990 0

Foto: Reuters

Buyuk Britaniya va Shimoliy Irlandiya Qirolichasi Yelizaveta II ahvoli ogʻirlashgan. Shu bois u shifokorlar nazorati ostida boʻlib turibdi.

Butun Buyuk Britaniya Qirolichaning salomatligi haqidagi xabardan xavotirda. Buyuk Britaniya bosh vaziri Liz Trass oʻzining «Tvitter»ida qirolichaning sogʻligʻi bilan bogʻliq muammolar haqidagi bayonotlarga shunday izoh berdi.

Britaniya hukumati rahbari qirollikning barcha fuqarolari Bukingem saroyidan kelayotgan xabardan xavotirda ekanini qayd etdi. 

“Mening va Buyuk Britaniya fuqarolarining fikru hayoli Qirolicha va uning oilasi bilan”, deb yozgan Liz Trass.

Avvalroq, shifokorlar Yelizaveta IIning sogʻligʻi yomonlashganidan xavotirda ekani xabar qilingan edi. Ayni paytda Qirolicha Shotlandiyadagi Balmoral qasrida shifokorlar nazorati ostida boʻlib turibdi. Shuningdek, uning sogʻligʻi haqidagi xabarlar fonida shahzodalar Charlz va Uilyam Shotlandiyaga joʻnab ketgani aytilmoqda.

Qirolicha Yelizaveta II 1926-yilda tugʻilgan. U 1952-yil 6-fevralda otasi Qirol Georg VI vafotidan soʻng taxtga oʻtirdi. 2022-yilda u Buyuk Britaniya tarixida 70 yil hukmronlik qilgan birinchi monarxga aylangan edi.

Tavsiya etamiz

Izohlar

Hozircha hech kim fikr bildirmagan. Balki Siz birinchilardan bo'larsiz?

Yangiliklar taqvimi

Кластер