Burkina-Fasoda yuz kishi jangarilar hujumi oqibatida halok boʻldi
Foto: Reuters
Jangarilar tomonidan Burkina-Faso shimolida uyushtirilgan hujum oqibatida yuzdan ortiq odam halok boʻlgan. Bu haqda "Reuters" xabar bermoqda.
Mamlakat hukumati bu soʻnggi besh yil ichida amalga oshirilgan eng yirik hujum ekanligini taʼkidladi. Bosqinchilik Yaga provinsiyasidagi qishloqlardan birida amalga oshirilgan. Mamlakatda motam eʼlon qilindi.
Aprel oyida, bedarak yoʻqolgani ikki nafar ispaniyalik jurnalist Burkina-Fasoda oʻldirilgani maʼlum boʻldi. Bu haqda Ispaniya tashqi ishlar vaziri Arancha Gonsales Laya aytib oʻtdi. Qayd etilishicha, jurnalistlar bu yerga hujjatli film suratga olish uchun kelgan ekan.
Burkina-Faso hududida «Al-Qoida» va “ISHID” terroristik guruhlariga aloqador jangari toʻdalar faoliyat yuritayotgani tufayli xavfsizlik masalasida muammolar kuzatilmoqda. Garchi Fransiya va BMT yordamiga qaramay, jangarilar armiya va tinch aholiga hujum qiladi. Ular koʻpincha odamlarni, shu jumladan, chet el fuqarolarini garovga oladi.
Izohlar
Hozircha hech kim fikr bildirmagan. Balki Siz birinchilardan bo'larsiz?
Izoh qoldirish uchun tizimga kiring