Bulungʻurda goʻsht yoʻnalishida naslchilik korxonasi ishga tushiriladi

17:35 18 Mart 2026 Jamiyat
209 0

Foto: Prezident matbuot xizmati

Prezident raisligida oʻtayotgan aholi chorvani uyda boqib, bahor-yoz faslida dalaga olib chiqishga oʻrgangani, lekin chorvani oʻtlatadigan joy kamayib ketayotgani qayd etildi.

Shu bois, viloyatning 4 ta tumanida jami 43 ming gektarda jamoat yaylovlari tashkil etiladi va mahallalarga 30-yilga bepul ijaraga beriladi. Yaylovlarda quduq qazib, suv chiqarish, urugʻ ekish va degradatsiyadan chiqarish xarajatlariga 50 milliard soʻm ajratish topshirildi.

Shuningdek, chorva naslchiligi uchun laboratoriya uskunasi va naslli qoramol sotib olishga 10-yilga 12 foizli kredit beriladi.

Samarqand azal-azaldan parrandachilik boʻyicha yetakchi hududlardan hisoblanadi. Endi parranda genetikasi maktabini yaratish boʻyicha ishlarni jadallashtirish kerakligi taʼkidlandi.

Bu borada Bulungʻur tumanida 50 million dollarlik goʻsht yoʻnalishidagi naslchilik korxonasi ishga tushiriladi. Qoʻshrabotda 20 million dollarlik tuxum yoʻnalishidagi naslchilik korxonasining faoliyati yoʻlga qoʻyiladi.

Tavsiya etamiz

Izohlar

Hozircha hech kim fikr bildirmagan. Balki Siz birinchilardan bo'larsiz?

Yangiliklar taqvimi

Кластер