Bulungʻur tumanida ham kartoshkalar pishib yetildi
Barcha yerga urugʻ qadash, ekilgan ekinlarni parvarish qilish bilan band boʻlgan ayni kunlarda “Kildon” mahallasi fuqarosi, Xalq deputatlari Bulungʻur tuman kengashi deputati, Oʻzbekiston fermer, dehqon xoʻjaliklari va tomorqa yer egalari Bulungʻur tuman kengashi huquqiy masalalar hamda fermer dehqon xoʻjaliklari va tomorqa yer egalarining huquqlarini himoya qilish boʻyicha guruh rahbari Bektosh Mamatqulovning xonadonida kartoshka hosili pishib yetildi.
B.Mamatqulov hovlisida 3 sotix maydonga issiqxona tashkil etgan boʻlib, unda ekilgan kartoshkalarni 3-4 kunda xalqimiz dasturxoniga tortiq etish niyatida.
Joriy yilgi kartoshka hosili qoʻshni viloyatlardan falon pul evaziga kirib kelayotgan ayni kunlarda bu kabi tadbirkor dehqonlarimizdan oʻrnak olsak arziydi.
Abdulaziz Yoʻldoshev
(Xalq soʻzi)
Izohlar
Hozircha hech kim fikr bildirmagan. Balki Siz birinchilardan bo'larsiz?
Izoh qoldirish uchun tizimga kiring