Buloqboshidagi oshxonada yongʻin sodir boʻldi
Bugun, 25-noyabr kuni soat 03:25da Andijon viloyati Buloqboshi tumani “Ismoiliy” mahallasida joylashgan “T.Rajabov” nomli oshxonada yongʻin sodir boʻlgan. Qisqa vaqt ichida voqea joyiga yetib kelgan FVVning 4 ta yongʻin-qutqaruv ekipajlari soat 03:35da yongʻinni oʻrab olib, soat 04:15da yongʻinni toʻliq bartaraf etdilar. Maʼlumot uchun, holat yuz bergan joydan Yongʻin oʻchirish qismigacha boʻlgan masofa taxminan 4 km.ni tashkil etadi.
Yongʻin natijasida oshxonaning 130 kv.m. maydonda shift, tom va maishiy xizmat buyumlari yonib zararlangan. Yongʻin sababi va moddiy zarari miqdori aniqlanmoqda. Mazkur hodisa oqibatida tan jarohati olgan va halok boʻlganlar yoʻq.
Izohlar
Hozircha hech kim fikr bildirmagan. Balki Siz birinchilardan bo'larsiz?
Izoh qoldirish uchun tizimga kiring