Buloqboshi tumanidagi podstansiyada sodir boʻlgan yongʻin bartaraf etildi — Energetika vazirligi

08:16 17 Avgust 2023 Jamiyat
400 0

Иллюстратив фото

Buloqboshi tumanidagi podstansiyada sodir boʻlgan yongʻin bartaraf etildi. Hudud isteʼmolchilari elektr energiyasi bilan toʻliq taʼminlandi.

Soat 22:30 da Andijon viloyatining Buloqboshi tumanidagi 35/10 kVli “Buloqboshi” podstansiyasida yongʻin chiqqan.

1-transformatorning yonishi natijasida ushbu hududdagi 1000 ga yaqin isteʼmolchilar elektr taʼminotidan uzilgan.

Yongʻin Favqulodda vaziyatlar boʻlimi tomonidan qisqa vaqt ichida oʻchirilgan.

Elektr taʼminotidan uzilgan isteʼmolchilar soat 23:45 da podstansiyadagi 2-transformator orqali tarmoqqa toʻliq ulangan.

Tavsiya etamiz

Izohlar

Hozircha hech kim fikr bildirmagan. Balki Siz birinchilardan bo'larsiz?

Yangiliklar taqvimi

Кластер