Bukmekerlik xizmatlarini targʻib qiluvchi 30 ga yaqin veb-sayt bloklandi
Illyustrativ foto
Bukmekerlik xizmatlarini targʻib qiluvchi 30 ga yaqin veb-sayt bloklandi. Bu haqda Raqobatni rivojlantirish va isteʼmolchilar huquqlarini himoya qilish qoʻmitasi axborot xizmati xabar berdi.
Maʼlum qilinishicha, Raqobat qoʻmitasi AOKA bilan hamkorlikda bukmekerlik xizmatlariga oid reklamani targʻib qiluvchi veb-saytlarga kirishni cheklash (bloklash) choralarini koʻrmoqda.
Xususan, amalga oshirilgan ishlar natijasida bukmekerlik xizmatlarni targʻib qiluvchi 42 ta veb-saytni bloklash boʻyicha AOKAga takliflar kiritilgan boʻlib, shundan 30 ga yaqin saytlar belgilangan tartibda bloklangan.
Qoʻmita tomonidan bu yoʻnalishdagi monitoring ishlari tizimli davom ettirilmoqda.
Izohlar
Hozircha hech kim fikr bildirmagan. Balki Siz birinchilardan bo'larsiz?
Izoh qoldirish uchun tizimga kiring