Buxorolik ijodkor muallima xalqaro medal bilan taqdirlandi

09:22 07 Oktyabr 2021 Jamiyat
867 0

Shofirkon tumanidagi 45-umumiy oʻrta taʼlim maktabining ona tili va adabiyot fani oʻqituvchisi, ijodiy-madaniy masalalar boʻyicha targʻibotchisi Durdona Qulmurodova 2017-2018 oʻquv yilida pedagoglik faoliyatini boshlagan.

Ijodkor va izlanuvchan muallima qisqa fursat ichida qator yutuqlarga erishdi. Innovatsion darslari maktab, tuman miqyosida ommalashtirildi.

Qozogʻiston Respublikasi “Jahon isteʼdodlari” uyushmasi aʼzosi boʻlgan muallima Qozogʻiston Respublikasida oʻtkazilgan xalqaro ijodkorlar tanlovida publitsistika yoʻnalishida 2-oʻrin, “Bolalarga bering dunyoni” xalqaro ijodkorlar tanlovida nasr yoʻnalishida hamda “Yilning eng yaxshi yosh xalq taʼlimi xodimi” koʻrik-tanlovining tuman bosqichida 1-oʻrinni qoʻlga kiritdi.

Durdona Qulmurodova 1-oktyabr — Oʻqituvchi va murabbiylar kuni arafasida xalqaro “Abay” medali bilan taqdirlandi.

Tavsiya etamiz

Izohlar

Hozircha hech kim fikr bildirmagan. Balki Siz birinchilardan bo'larsiz?

Yangiliklar taqvimi

Кластер