Buxorodan sirdaryoliklarga insonparvarlik yordami

10:40 04 May 2020 Jamiyat
1189 0

Ota – bobolarimizning aytishganicha bor: hayot – beshafqat.Uning kutilmagan zarbalariga hamisha tayyor turmoq kerak. 27-aprel kuni kechqurun Buxoro viloyatida sodir boʻlgan tabiiy ofat minglab yurtdoshlarimizning huzur-halovati, tinchini buzdi. Turarjoylar, infratuzilma obyektlariga jiddiy ziyon yetdi. Ana shunday qiyin pallada buxoroliklarga butun mamlakatimiz, jumladan, sirdaryoliklar ham yordam qoʻlini choʻzishdi. 

— Buni qarangki, oradan sal fursat oʻtib Sardoba omborida toshqin yuz berdi, minglab sirdaryoliklar boshiga tashvish tushdi,-— deydi Buxoro shahrida istiqomat qiluvchi mehnat faxriysi Behbud Jumayev. — Obod qishloqlar, bogʻu rogʻlar, ekinzorlarga zarar yetdi. Shu boisdan ham sirdaryoliklarning ahvolini, qaygʻusini tabiiy ofat oqibatlarini boshdan kechirgan biz, buxoroliklar juda yaxshi anglaymiz.Xalqimiz urush yillarida turli millat va elatga mansub yuz minglab fuqarolarni, goʻdaklarni bagʻriga olib, mehru oqibat koʻrsatganini butun dunyo biladi. Shunday ekan, biz, buxoroliklar toshqin oqibatida qiynalib qolgan oilalarni bagʻrimizga olishga, ularga zarur yordam koʻrsatishga tayyormiz.

Otaxon haq. Sardoba toshqini yuz bergan zahoti Buxorodan Sirdaryoga 20 tonna un, 10 tonna oʻsimlik yogʻi, 10 tonna oziq-ovqat mahsulotlari va 300 ta koʻrpa-toʻshak jamlanmasidan iborat insonparvarlik yordami joʻnatildi.

Istam IBROHIMOV,

“Xalq soʻzi”

Tavsiya etamiz

Izohlar

Hozircha hech kim fikr bildirmagan. Balki Siz birinchilardan bo'larsiz?

Yangiliklar taqvimi

Кластер