Buxorodagi qadimiy qishloqda etnomarkaz tashkil etildi

16:42 14 Sentyabr 2023 Jamiyat
846 0

Foto: “Xalq soʻzi”

Sheyxon – Buxoro shahriga yaqin joylashgan qadimiy qishloqlardan biri. Buxoro tumani hududidagi mazkur goʻshada azal-azaldan dehqonchilik, hunarmandchilik rivojlangan. Qadimiy milliy urf-odatlar saqlanib qolganligi bilan diqqatga sazovor. Shu bois bu qishloq noanʼanaviy turizm xizmati koʻrsatuvchi goʻshaga aylanmoqda.

Gap shundaki, Sheyxonda etnomarkaz barpo etildi. Uni moʻjaz turizm klasteriga ham qiyoslash mumkin. Qishloqqa xos shoʻrdanak , milliy shirinliklar va taomlar, quritilgan mevalar tayyorlash, bir dasturxon atrofida yigʻilib, xalq ogʻzaki ijodi namunalaridan aytish kabi ezgu anʼanalar shu markazda oʻz ifodasini topgan.

— 15 sotix yerda barpo etilgan markazimiz umumiy qiymati 400 ming AQSH dollariga teng,—deydi loyiha rahbari Qobil Murodov.— U milliy uslubda qurilgan qishki va yozgi hovlidan iborat. Qadimiy qishlogʻimiz turmush tarzini koʻrsatib berish uchun barcha sharoitlarni yaratib berish harakatidamiz. Sayyohlar uchun milliy taomlar, shirinliklar tayyorlash bilan bogʻliq mahorat saboqlari ham tashkil etamiz. Markaz yonida bogʻimiz ham bor. Turistlar oilaviy mehmon uyida dam olishlari, choyxonada oʻzbekona mehmonnavozlikdan bahramand boʻlishlari, bir soʻz bilan aytganda, sharqona qishloq hayoti bilan yaqindan tanishishlari mumkin.

Aytish oʻrinliki, etnoturizmni ravnaq toptirish maqsadi koʻzlangan bunday goʻsha Vobkent tumanidagi ismi-jismiga monand Sharin qishlogʻida ham barpo etilgan.

Istam IBROHIMOV, “Xalq soʻzi”.

Tavsiya etamiz

Izohlar

Hozircha hech kim fikr bildirmagan. Balki Siz birinchilardan bo'larsiz?

Yangiliklar taqvimi

Кластер