Buxorodagi dorixonalarda tibbiy niqob va antiseptik vositalar qanchadan sotilyapti?

17:28 06 Aprel 2020 Jamiyat
1160 0

Buxoro viloyatidagi aksariyat dorixonalarda tibbiy niqob va antiseptik vositaning narxi 900 soʻm ekanligi haqidagi yozuv tushirilgan lavhalar ilib qoʻyildi. Viloyatning 4 – sektor ishchi guruhi tomonidan olib borilgan oʻrganish ishlaridan soʻng xaridorlarni ogoh etish maqsadida shunday yoʻl tutildi.
Viloyat davlat soliq boshqarmasi axborot xizmatidan bildirishlaricha, oʻrganish davomida koʻpgina dorixonalarda bir martalik tibbiy niqoblar va 70 foizlik tibbiyot etil spirti 1000 soʻmdan 1500 soʻmgacha sotilayotgani aniqlangan. Shundan soʻng sektor rahbari va ishchi guruhi aʼzolari tegishli tashkilotlar bilan hamkorlikda ishlab chiqaruvchilar va yetkazib beruvchi korxonalar mutasaddilari eʼtiborini aholini imkon qadar qoʻllab-quvvatlash, fuqarolarga yengillik yaratishga qaratganlar. Natijada karantin kunlarida juda zarur va katta ehtiyoj sezilayotgan shu ikki mahsulot narxi 900 soʻmga tushdi. Oʻz navbatida xaridorlardan mabodo ushbu mahsulotlar qimmat sotilgudek boʻlsa, soliq organlari hamda Bosh prokuratura huzuridagi iqtisodiy jinoyatlarga qarshi kurashish departamenti viloyat boʻlimi telefonlariga qoʻngʻiroq qilish soʻraldi.

Aytish joizki, ayni damda viloyatdagi 800 tadan ziyod dorixonaga soliq organlarining 59 nafar xodimi masʼul etib birkitilgan.

Istam IBROHIMOV,

“Xalq soʻzi”

Tavsiya etamiz

Izohlar

Hozircha hech kim fikr bildirmagan. Balki Siz birinchilardan bo'larsiz?

Yangiliklar taqvimi

Кластер