Buxorodagi bolalar shifoxonasida kutubxona ochildi

18:04 24 Iyun 2024 Jamiyat
279 0

Istam IBROHIMOV/“Xalq soʻzi”. Buxoro viloyat bolalar koʻp tarmoqli tibbiyot markazida kutubxona faoliyati yoʻlga qoʻyildi.

— Kitob mutolaasi bemor bolaga ruhan ijobiy taʼsir koʻrsatadi. Boʻsh vaqtini mazmunli oʻtkazishiga, dardni bir oz unutishga imkon beradi, — deydi Buxoro shahar prokurorining katta yordamchisi, 1-darajali yurist Maxsud Aslanov. — Shahar prokurori tashabbusi bilan bolalar shifoxonasida viloyat bolalar kutubxonasi, hokimlik va homiylar koʻmagida kutubxona tashkil etildi.

— Shifoxonada davolanayotganimga bir haftadan oshdi, — deydi Jondor tumanidagi 27-maktab oʻquvchisi Umrbek Doʻstov. — Muolajadan soʻng boʻsh vaqtimni kutubxonada oʻtkazaman. Bu yerda qiziqarli badiiy kitoblar koʻp.

Moʻjaz kutubxonada 1200 tadan ziyod badiiy va oʻquv adabiyotlari bor. Ularning 300 dan koʻprogʻini mahalla yoshlar yetakchilari sovgʻa qilishdi. Tashabbuskorlar shahardagi boshqa shifoxonalarda ham shunday kutubxonalar tashkil etish niyatida.

Tavsiya etamiz

Izohlar

Hozircha hech kim fikr bildirmagan. Balki Siz birinchilardan bo'larsiz?

Yangiliklar taqvimi

Кластер