Buxoroda “Volga”ga oʻrnatilgan gaz balloni portlab, haydovchi va yoʻlovchi halok boʻldi
IIV YHXBB Matbuot xizmatining xabar berishicha, joriy yilning 11-oktyabr kuni Buxoro viloyati Kogon tumani hududidagi yoʻlda harakatlanayotgan “Volga”ga oʻrnatilgan gaz balloni portlab ketgan.
Hodisa oqibatida, mashina ichida boʻlgan 51 yoshli yoʻlovchi va 31 yoshli haydovchi vafot etgan. Qayd etilishicha, fojiaga gaz ballonining nosozligi sabab boʻlgan. Hozirda voqea yuzasidan viloyat IIB surishtiruv ishlari olib bormoqda.
Izohlar
Hozircha hech kim fikr bildirmagan. Balki Siz birinchilardan bo'larsiz?
Izoh qoldirish uchun tizimga kiring