Buxoroda toʻrtta yer osti piyodalar oʻtish yoʻli foydalanishga topshirildi

16:02 27 Dekabr 2023 Jamiyat
1336 0

Foto: "Xalq soʻzi"

Muhammad Iqbol koʻchasi Buxoro shahrining eng gavjum goʻshalaridan sanaladi. Xususan, uning Buxoro davlat universiteti joylashgan qismi juda tirband. Aynan shu yerda umumiy qiymati 6,4 milliard soʻm boʻlgan yer osti piyodalar oʻtish yoʻli barpo etildi.

— Keyingi yillarda oliy oʻquv yurtimizda tahsil olayotgan talabalar soni bir emas, bir necha baravar oshdi, — deydi BuxDU professori, tarix fanlari doktori Sulaymon Inoyatov. — Ularning, umuman, yoʻlovchilarning avtotransport vositalari bilan tirband yoʻldan bexavotir oʻtishlari uchun shunday inshootga ehtiyoj sezilayotgandi. Viloyat hokimligi tashabbusi va tegishli korxonalar saʼy-harakati bilan ajoyib meʼmoriy yechimga ega yer osti oʻtish yoʻli foydalanishga topshirildi. Shu munosabat bilan tashkil etilgan bayramona tadbirda men ham qatnashib, bu inshoot nafaqat harakat xavfsizligini taʼminlaydi, balki yoshlarimiz estetik didini oshirishga ham xizmat qiladi, degan fikrga keldim. Chunki uning qurilishida milliylik va zamonaviylik uygʻunlashtirilgan.

Aytish joizki, Yangi yil arafasida magistral yoʻl boʻyidagi Buxoro tuman markazi Galaosiyoda, Buxoro shahridagi Qayum Murtazoyev koʻchasi markaziy dorixona binosi oldida, “Jondor” avtoshohbekati roʻparasida ham shunday inshootlar qurilib foydalanishga topshirildi.

Istam IBROHIMOV, “Xalq soʻzi”.

Tavsiya etamiz

Izohlar

Hozircha hech kim fikr bildirmagan. Balki Siz birinchilardan bo'larsiz?

Yangiliklar taqvimi

Кластер