Buxoroda sogʻlomlashtirish aksiyasi boshlandi
Davlatimiz rahbari sogʻliqni saqlash tizimi vakillari oldiga muhim bir talabni qoʻygan: Oʻzbekiston tibbiyoti xalqqa yanada yaqinlashishi shart!
Bunga erishish uchun esa odamlar shifo maskanlarida uzundan-uzoq navbat kutib, turli byurokratik toʻsiqlarga duch kelib, ovorayu sarson boʻlishi emas, shifokorlarning oʻzi bemorlar huzuriga borib, ularning dardiga darmon topishi kerak.
Hozir mamlakatimizda aynan shunday xalqchil tizimni bosqichma-bosqich hayotga tatbiq etishga kirishilgan.
Xususan, Sogʻliqni saqlash vazirligi tomonidan Qashqadaryo, Namangan, Surxondaryo, Fargʻona va Toshkent viloyatlarida oʻtkazilgan sogʻlomlashtirish aksiyalarida bu mexanizm sinovdan muvaffaqiyatli oʻtdi.
Ezgu tashabbusning qisqa vaqt ichida quloch yoyib, aksiya geografiyasi kengayib borayotgani esa yanada quvonarli.
Galdagi manzil — Buxoro viloyati. Shu kunlarda hududda Sogʻliqni saqlash vazirligi markaziy apparati jamoasi, ixtisoslashtirilgan markazlar mutaxassislari va tibbiyot oliy oʻquv yurtlari professor-shifokorlari, jami 150 nafardan yetakchi ortiq mutaxassislardan iborat tibbiy guruh ishtirokida Sogʻlomlashtirish aksiyasi boʻlib oʻtmoqda.
Izohlar
Hozircha hech kim fikr bildirmagan. Balki Siz birinchilardan bo'larsiz?
Izoh qoldirish uchun tizimga kiring