Buxoroda qaynota kuyovini pichoqladi
arxiv foto
Buxoroda qaynota kichik kelishmovchilik sababli kuyovini pichoqladi. Bu haqda “Postda” xabar bermoqda.
Maʼlum qilinishicha, rafiqasini oʻz uyiga qaytarish uchun qaynotasining xonadoniga borgan Oʻzlmas (ismi oʻzgartirilgan) biroz mast boʻlgan. Ammo ulfatchilik qaytona bilan ham davom etgan.
Biroz kelishmovchilik sabab avval qaynota va kuyov avval ogʻzaki aytishadi. Soʻng qaynota dasturxonda turgan pichoqni olib, Oʻlmasbekning chap koʻkragiga sanchgan.
Voqeadan xabardor boʻlgan Oʻlmasning xotini va qaynonasi tez yordam chaqiradi.
Shifokorlarning saʼy-harakati bilan Oʻlmasbekning hayoti saqlab qolindi.
Oʻlmasbek surishtiruv paytida jarohatni oʻzi yiqilib orttirganini maʼlum qildi. Biroq guvohlarning koʻrsatmalari va ekspertlarning xulosasiga koʻra ushbu jarohat oʻtkir tigʻli jism orqali yetkazilganligi aniqlandi.
Mazkur holat yuzasidan ayni paytda dastlabki tergov harakatlari olib borilmoqda.
Izohlar
Hozircha hech kim fikr bildirmagan. Balki Siz birinchilardan bo'larsiz?
Izoh qoldirish uchun tizimga kiring