Buxoroda paxtachilikdan 650 milliard soʻmdan ziyod sof foyda olindi  

12:48 13 Dekabr 2021 Jamiyat
689 0

Diqqatga molik dalil: bu yil Buxoroda har gektar yerdan oʻrtacha 35,2 sentnerdan paxta hosili olindi. Shu tariqa 345 ming tonna xirmon yaratildi. Aytishlaricha,  bu keyingi 20 yildagi eng yaxshi koʻrsatkichdir. Daromad choʻgʻi ham baland boʻldi: 650 milliard soʻmdan ziyod sof foyda koʻrildi.

Qishloq xoʻjaligi xodimlari kuniga bagʻishlab Buxoro shahridagi “Sarbon” tantanalar saroyida boʻlib oʻtgan marosimda sohadagi mana shunday yutuqlar alohida eʼtirof etildi.

Peshqadam fermer xoʻjaliklari, klasterlar rahbar-xodimlari, tomorqachilar, suvchi-irrigatorlar, hosilotlar, soha mutaxassislari, jamoatchilik vakillari ishtirok etgan tadbirda Buxoro viloyat hokimi B. Zaripov soʻz olib, buxorolik dehqonlar gʻallachilik, pilla yetishtirish borasida ham mamlakatda yetakchilar qatorida ekanini bildirdi.Ch unonchi, gʻalla hosildorligi oʻrtacha 57 sentnerdan oshdi.

— Yana bir raqam mening eʼtiborimni tortdi, — deydi tajribali fermer, Oʻzbekiston Qahramoni Muhammad Ahmedov. — Joriy yilda viloyatimizda 5 trillion soʻmlikdan ziyod qishloq xoʻjaligi mahsulotlari yetishtirilgan. Bu mahsulotlar bozorlarimizning, xalqimiz dasturxonining toʻkin boʻlishiga xizmat qilyapti.

Marosimda soha jonkuyarlarining bir guruhiga qimmatbaho sovgʻalar, “Qishloq xoʻjaligi fidoyisi”, “Ilgʻor fermer”, “Namunali tomorqachi”, “Mehnatkash dehqon” koʻkrak nishonlari topshirildi.

Respublikamizning taniqli sanʼatkorlari tomonidan ijro etilgan kuy-qoʻshiqlar davra fayziga fayz qoʻshdi.

Istam IBROHIMOV, “Xalq soʻzi”.

Tavsiya etamiz

Izohlar

Hozircha hech kim fikr bildirmagan. Balki Siz birinchilardan bo'larsiz?

Yangiliklar taqvimi

Кластер