Buxoroda Oʻzbekiston-Turkmaniston davlat chegarasini demarkatsiya qilish boʻyicha muzokaralar boʻlib oʻtdi

21:41 22 Yanvar 2023 Siyosat
925 0

Foto: Arxiv surat

Joriy yilning 21-yanvar kuni Buxoro shahrida Oʻzbekiston-Turkmaniston davlat chegarasini delimitatsiya va demarkatsiya qilish masalalari boʻyicha qoʻshma hukumatlararo komissiya ishchi guruhlarining yigʻilishi yakunlandi.

TIV maʼlumotiga koʻra, 16-21-yanvar kunlari tomonlar Oʻzbekiston va Turkmaniston oʻrtasidagi davlat chegarasini delimitatsiya va demarkatsiya qilish masalalari boʻyicha hukumatlararo komissiyaning qoʻshma majlisiga tayyorgarlik koʻrish masalalarini koʻrib chiqdi. Jumladan, davlat chegarasini demarkatsiya qilish boʻyicha normativ-huquqiy va texnik hujjatlar loyihalari koʻrib chiqildi va kelishib olindi.

Yigʻilishda, shuningdek, ishchi guruhlarning 2023-yilga moʻljallangan yigʻilishlari taqvimi kelishib olindi.

Muzokaralar yakunida protokol imzolandi.

Uchrashuv doʻstlik va oʻzaro hamjihatlik muhitida oʻtdi.

Tavsiya etamiz

Izohlar

Hozircha hech kim fikr bildirmagan. Balki Siz birinchilardan bo'larsiz?

Yangiliklar taqvimi

Кластер