Buxoroda mayning ferma 1,2 mlrd soʻmlik “svet”dan noqonuniy foydalandi
Foto: “Oʻzenergoinspeksiya”
Buxoro viloyatida 1 milliard soʻmlik elektr energiyasidan noqonuniy foydalangan mayning ferma fosh etildi. Bu haqda “Oʻzenergoinspeksiya” xabar berdi.
Qayd etilishicha, Buxoro viloyatida inspeksiyaning hududiy boshqarmasi va Prokuratura departamenti viloyat boshqarmasi hamkorligida tezkor tadbir oʻtkazilgan. Unda Olot tumanida istiqomat qiluvchi fuqaro L.N.ga qarashli xonadonda mayning qurilmalarni elektr hisoblagichdan tashqari taqmoqqa toʻgʻridan-toʻgʻri ulab, noqonuniy foydalanib kelayotganligi aniqlangan.
Dastlabki hisob-kitoblarga koʻra, ushbu qoidabuzarlik natijasida elektr taʼminoti korxonasiga 1 milliard 22 million soʻmlik zarar yetkazilgan.
Hozirda mazkur holat yuzasidan huquqni muhofaza qilish organlari tomonidan tergovga qadar tekshiruv ishlari olib borilmoqda.
Izohlar
Hozircha hech kim fikr bildirmagan. Balki Siz birinchilardan bo'larsiz?
Izoh qoldirish uchun tizimga kiring