Buxoroda choʻl hududidan qadimgi tarixiy gʻorlar topildi

19:50 19 Iyun 2022 Jamiyat
1010 0

Buxoro viloyati madaniy meros boshqarmasi mutaxassislari va Fanlar Akademiyasi Milliy arxeologiya markazi tomonidan Kogon tumanining choʻl hududida 4 ta qadimgi gʻor qoldiqlari koʻzdan kechirildi.

Gʻorlarning kirish qismi qumlar va oʻpirilgan toshlar bilan koʻmilib, tashqi koʻrinishidan deyarli bilinmaydi. Ular bir biridan yuzlab metr masofalanib, qandaydir tizim va bogʻlanish aniqlanmadi.

Gʻorlar nima maqsadda qurilganligini bilish uchun eng yirigi tanlab olindi va yoritish jihozlari yordamida 80-100 metr masofa va 10-15 metr pastlikka tushildi. Uning ayrim joylari juda tor, ayrim joylari keng va qoʻshimcha yoʻnalishlar ochilgan.

Gʻorning geologik qatlamlari asosan ohaktoshdan iborat boʻlganligi sababli, gʻor oʻrta asrlar davrida (XII-XIII) mahalliy konchilar tarafidan qazilib, yer ostki zahiralaridan juda keng koʻlamda foydalangan hamda ganch qurilish materialining xom ashyosi olinganligi aniqlandi.

Tavsiya etamiz

Izohlar

Hozircha hech kim fikr bildirmagan. Balki Siz birinchilardan bo'larsiz?

Yangiliklar taqvimi

Кластер