Buxoroda “Besh tashabbus olimpiadasi” doirasida kurash boʻyicha respublika musobaqasi boʻlib oʻtdi

17:17 04 Dekabr 2023 Jamiyat
561 0

Foto: Xalq soʻzi

Musobaqa davlatimiz rahbarining 2022-yil 11-apreldagi “Mahallalarda yoshlarni ommaviy sportga jalb qilishni yangi bosqichga olib chiqish chora — tadbirlari toʻgʻrisida”gi qaroriga muvofiq respublika Yoshlar siyosati va sport vazirligi huzuridagi Yoshlar ishlari agentligi tomonidan bir qator tashkilotlar bilan hamkorlikda tashkil etildi.

Buxoro Olimpiya va paralimpiya sport turlariga tayyorlash markazida oʻtkazilgan bahslarda mamlakatimizning turli goʻshalaridan kelgan 125 nafardan ziyod havaskor kurashchilar oʻz mahoratlarini jamoaviy bahslar orqali sinovdan oʻtkazish imkoniyatiga ega boʻlishdi.

— Bilamizki, Buxoro azal – azaldan polvonlar yurti boʻlib kelgan, — deydi samarqandlik tajribali murabbiylardan biri Ibrohim Karimov, — Sobir Qurbonov, Akobir Qurbonov, Kamol Murodov, Rishod Sobirov, Shuhrat Xoʻjayev kabi dongdor kurashchilar haqida kim eshitmagan, deysiz? Shunday taniqli sportchilar yetishib chiqqan bu koʻhna yurtda shogirdlarimning gilamga chiqishining oʻzi katta sharaf. Qolaversa, “Besh tashabbus olimpiadasi” sharofati bilan yoshlarimiz bilan birgalikda qadimiy Buxoroni tomosha qildik, ular koʻplab doʻstlar orttirishdi.

Musobaqa yakuniy natijalariga koʻra, Qashqadaryo viloyati jamoasi birinchi, buxoroliklar ikkinchi, Samarqand hamda Surxondaryo viloyatlari jamoalari uchinchi oʻrinni egallashdi. Gʻoliblar tashkilotchilar tomonidan diplom va qimmatbaho sovgʻalar bilan taqdirlandilar.

Istam IBROHIMOV, “Xalq soʻzi”.

Tavsiya etamiz

Izohlar

Hozircha hech kim fikr bildirmagan. Balki Siz birinchilardan bo'larsiz?

Yangiliklar taqvimi

Кластер