Buxoroda ayol 5 yoshli farzandini ikki yildan beri beshikka bogʻlab kaltaklab kelayotgani aniqlandi

13:38 15 Yanvar 2024 Jamiyat
532 0

Bu haqda Bolalar ombudsmani axborot xizmati maʼlum qildi.

Mazkur holat yuzasidan Shofirkon tumani ichki ishlar organlari olib borgan tergovga qadar tekshiruvda aniqlanishicha, С.Н. oʻz farzandi 2018-yilda tugʻilgan С.Ф. ni beshikka bogʻlagan holatda tayoq va boshqa jismlar bilan muttasil ravishda uzoq vaqt davomida (2022-yilning mart oylaridan 2023-yil noyabr oyigacha) kaltaklab, qiynab kelgan.

Mazkur holat yuzasidan С.Н. ga nisbatan JKning 110-moddasi 2-qismi, “a,v” bandlari (voyaga yetmagan, ojiz ahvoldaligi ayon boʻlgan shaxsni qiynash) bilan jinoyat ishi qoʻzgʻatilib, hozirda Shofirkon tumani IIB tomonidan dastlabki tergov harakatlari olib borilmoqda.

Mazkur holat boʻyicha bolaning manfaatlari ishonchli taʼminlanishi yuzasidan Bolalar ombudsmani oʻz kuzatuvini davom ettiradi.

Tavsiya etamiz

Izohlar

Hozircha hech kim fikr bildirmagan. Balki Siz birinchilardan bo'larsiz?

Yangiliklar taqvimi

Кластер