Buxoroda 64 yoshli ayolni ekskavator bosib ketdi

12:48 16 May 2025 Jamiyat
353 0

Videodan kadr

Buxoro shahrida 64 ayolni ekskavator bosib ketdi. Bu haqda viloyat Ichki ishlar boshqarmasi axborot xizmati xabar berdi.

Maʼlum qilinishicha, kecha, 15-may kuni viloyat IIB 102 tizimiga Tez tibbiy yordam shifokori tomonidan Buxoro shahar markaziy bozori oldida YTH sodir boʻlganini bildirgan.

Olib borilgan surishtiruv harakatlari davomida, shu kuni H.I. ismli shaxs ekskavatorini Ibn Sino koʻchasi boʻylab boshqarib borayotgan vaqtida Buxoro shahar markaziy bozoridan chiqib, yoʻlni kesib oʻtayotgan 64 ayolni koʻrmay qolib, bosib ketgan. Hodisa oqibatda ayol voqea joyida vafot etgan.

Bildirilishicha, hozirda ushbu holat yuzasidan Oʻzbekiston Respublikasi Jinoyat kodeksining 266-moddasi 2-qismi bilan jinoyat ishi qoʻzgʻatilib, dastlabki tergov harakatlari olib borilmoqda.

“Tergov yakuniga koʻra holatga huquqiy baho berilib, javobgarlikning muqarrarligi taʼminlanadi”, deyiladi IIB xabarida.

Tavsiya etamiz

Izohlar

Hozircha hech kim fikr bildirmagan. Balki Siz birinchilardan bo'larsiz?

Yangiliklar taqvimi

Кластер