Buxoroda 36 ming 529 nafar yigit–qiz saylovda birinchi bor ovoz bermoqda

10:54 24 Oktyabr 2021 Jamiyat
484 0

Foto: Халқ сўзи

Kutilganidek, mamlakatimizning barcha goʻshalarida boʻlgani kabi Buxoroda ham Oʻzbekiston Respublikasi Prezidenti saylovi fuqarolarning faol ishtiroki ostida oʻtmoqda. Saylov uchastkalari sari oshiqqan hamyurtlarimiz orasida koʻplab yoshlarni uchratish mumkin. Maʼlumotlarga qaraganda, Buxoro viloyatidagi saylovchilarning 335 ming nafardan ziyodini 28 yoshgacha boʻlgan yigit-qizlar tashkil etadi. Shularning 36 ming 529 nafari saylovda birinchi marta ovoz bermoqda.

Oʻzbekiston Respublikasi Prezidenti saylovini oʻtkazuvchi 3–Buxoro okrug saylov komissiyasidan xabar berishlaricha, bu yoshlarning muhim siyosiy tadbirda faol qatnashishlari uchun bir qator tadbirlar amalga oshirildi. Turli manfaatdor tashkilotlar bilan hamkorlikda oʻtkazilgan “Yosh saylovchi” loyihasi doirasidagi uchrashuv va muloqotlarda yigit – qizlarning saylov toʻgʻrisidagi bilim va tushunchalari boyitildi, ular oʻzlarini qiziqtirgan koʻplab savollarga toʻlaqonli javob oldilar.

Shunday yoshlardan biri Ahmad Qosimovni Buxoro shahridagi 30 – saylov uchastkasida uchratdik.

– Buxoro davlat universiteti talabasiman, - deydi u. – Bu kun men uchun hayotimning unutilmas damlaridan biriga aylandi. Negaki, saylovda ilk bor qatnashyapman. Men ham yurtimizning nurli ertasiga poydevor qoʻyadigan eng munosib nomzod uchun ovoz berdim.

Mazkur saylov uchastkasi boʻyicha jami 61 nafar yigit-qiz saylovda ilk bor ovoz berib, oʻz xohish-irodasini namoyon etdi.

Istam IBROHIMOV, “Xalq soʻzi”.

Tavsiya etamiz

Izohlar

Hozircha hech kim fikr bildirmagan. Balki Siz birinchilardan bo'larsiz?

Yangiliklar taqvimi

Кластер