Buxoroda 2,1 mlrd soʻmlik “svet”dan noqonuniy foydalangan mayning ferma aniqlandi

16:38 02 Mart 2025 Jamiyat
1181 0

Buxoro viloyatining Gʻijduvon tumanida 2,1 mlrd soʻmlik elektr energiyasi talon-toroj qilgan noqonuniy mayning ferma aniqlandi. Bu haqda Bosh prokuratura xabar berdi.

Qayd etilishicha, masʼullar tomonidan Gʻijduvon tumanida oʻrganish olib borilgan. Unda shu hududda yashovchi fuqaro Sh.S.ga qarashli noturar bino koʻzdan kechirilganda, 22 dona “Antminer L3+” rusumli mayning qurilmalar yordamida noqonuniy mayning ferma tashkil qilingani aniqlangan. Dastlabki hisob-kitoblarga koʻra, 2,1 mlrd soʻmlik elektr energiyasi talon-toroj qilingan.

Shuningdek, binoni koʻzdan kechirish vaqtida elektr taʼminotidan uzilgan holatdagi 4 dona “Whatspower P21” va 28 dona nosoz “Antminer L3+” rusumli mayning qurilmalari ham aniqlanib, tegishli tartibda olib qoʻyilgan.

Hozirda mazkur holat yuzasidan tergovga qadar tekshiruv harakatlari olib borilmoqda.

Tavsiya etamiz

Izohlar

Hozircha hech kim fikr bildirmagan. Balki Siz birinchilardan bo'larsiz?

Yangiliklar taqvimi

Кластер