Buxoroda 13 yoshli maktab oʻquvchisi amakivachchasidan homilador boʻldi

12:48 15 Dekabr 2021 Jamiyat
2541 0

Buxoro viloyatining Jondor tumanida 13 yoshli maktab oʻquvchisi 20 yoshli amakivachchasidan homilador boʻlib, farzand koʻrdi. Bu haqda “Daryo” xabar berdi.

Maʼlumotlarga koʻra, 2008-yilda tugʻilgan qiz Buxoro shahrida yashovchi qarindoshi bilan ishqiy munosabatda boʻlgan. Qayd etilishicha, u qizning soddaligidan foydalangan.

Sobiq direktor yettinchi sinf oʻquvchisining gʻalati xatti-harakatini payqagan va qizning ota-onasini maktabga chaqirgan, shundan soʻng hamma vaziyatdan xabar topgan. Oila esa namunali, qoʻni-qoʻshnilar orasida obroʻli oilalardan biri. Afsuski, hatto uning ota-onasi ham qizining homiladorligi haqida bilmagan, deyiladi xabarda.

Oʻz navbatida, joriy yilning 13-dekabr kuni qiz tugʻgani maʼlum boʻldi.

20 yoshli amakivachchaga nisbatan 128-modda 2-qismi (Oʻn olti yoshga toʻlmagan shaxs bilan jinsiy aloqada boʻlish) bilan jinoyat ishi qoʻzgʻatilgan. Hozirda tergovga qadar tekshiruv harakatlari olib borilmoqda.

Tavsiya etamiz

Izohlar

Hozircha hech kim fikr bildirmagan. Balki Siz birinchilardan bo'larsiz?

Yangiliklar taqvimi

Кластер