Buxoro viloyatidagi savdo binolarida yongʻin sodir boʻldi
FVVning xabar berishicha, joriy yilning 26-fevral kuni soat 22:37 da Buxoro shahar B.Naqshband koʻchasida joylashgan savdo binolarida yongʻin sodir boʻlayotganligi haqida yongʻin-qutqaruv xizmatiga xabar kelib tushgan.
Yongʻinni bartaraf etishga 15 ta asosiy, 2 ta maxsus yongʻin oʻchirish avtomobili va 20 tadan ortiq yordamchi texnika jalb qilinib, soat 00-40 da yongʻinni tarqalishi oldi olindi va soat 01:30 da batamom oʻchirildi.
Yongʻin maydoni 520 kv.m.ni tashkil etdi.
Yongʻin natijasida halok boʻlganlar va tan jarohati olgan shaxslar mavjud emas. Xozirda yongʻin sababi va moddiy zarar miqdori aniqlanmoqda
Izohlar
Hozircha hech kim fikr bildirmagan. Balki Siz birinchilardan bo'larsiz?
Izoh qoldirish uchun tizimga kiring