Buxoro viloyati hokimiga yangi oʻrinbosar tayinlandi
Foto: Buxoro viloyat hokimligi
Ibragimova Feruza Bahodurxanovna boshqa ishga oʻtayotgani munosabati bilan Buxoro viloyati hokimining oʻrinbosari-oila va xotin-qizlar boshqarmasi boshligʻi lavozimidan ozod qilindi. Bu haqda viloyat hokimligi axborot xizmati xabar berdi.
Qayd etilishicha, Artikova Hafiza Tuymurodovna Feruza Ibragimovaning oʻrniga, Buxoro viloyati hokimining oʻrinbosari-oila va xotin-qizlar boshqarmasi boshligʻi etib tayinlangan.
Maʼlumot uchun, Hafiza Artikova 1976-yil 24-dekabrda Buxoro tumanida tugʻilgan. 1997-yilda Buxoro davlat universitetini bitirgan. Biologiya fanlari doktori, professor.
Tayinlovga qadar u Buxoro davlat pedagogika institutining Yoshlar masalalari va maʼnaviy-maʼrifiy ishlar boʻyicha birinchi prorektori vazifasida ishlab kelayotgan edi.
Izohlar
Hozircha hech kim fikr bildirmagan. Balki Siz birinchilardan bo'larsiz?
Izoh qoldirish uchun tizimga kiring