Buxoro viloyati hokimiga yangi oʻrinbosar tayinlandi
Hamroyev Mirali Muhammadjonovich oʻz arizasiga koʻra Buxoro viloyati hokimining yoshlar siyosati, ijtimoiy rivojlantirish va maʼnaviy-maʼrifiy ishlar boʻyicha oʻrinbosari lavozimidan ozod qilindi. Bu haqda hokimlik matbuot xizmati xabar berdi.
Qayd etilishicha, uning oʻrniga Adilov Baxtiyor Alisherovich tayinlandi.
Baxtiyor Adilov 1986-yil 22-iyunda Buxoro shahrida tugʻilgan. 2008-yilda Buxoro davlat universitetini bitirgan. Maʼlumoti boʻyicha mutaxassisligi — iqtisodchi.
Izohlar
Hozircha hech kim fikr bildirmagan. Balki Siz birinchilardan bo'larsiz?
Izoh qoldirish uchun tizimga kiring