Buxoro viloyati elektrobuslar harakatlanmoqda
Foto: Buxoro viloyati hokimligi matbuot xizmati
Buxoro viloyatida elektrobuslar harakatlanmoqda. Bu haqda viloyat transport boshqarmasi matbuot xizmati xabar berdi.
Xitoyda ishlab chiqarilgan elektrobus 27 ta oʻrindiqdan iborat boʻlib, bir vaqtning oʻzida 80 nafar yoʻlovchini sigʻdira oladi.

Muhim afzallik shundaki, ular dizel va gaz yoqilgʻisi bilan ishlaydigan oddiy avtobuslarga qaraganda tejamliroq, shuning uchun yiliga millionlab soʻmlar yoqilgʻi-moylash materiallariga sarflanadi va ortgan mablagʻ kompaniyaning avtobus parkini yangilashga yoʻnaltiriladi, deyiladi boshqarma xabarida.
Avtobus qatnovi ham qulay va sodda boʻlib, barcha toifadagi yoʻlovchilar, jumladan, imkoniyati cheklangan yoʻlovchilar uchun ham qulayliklar yaratilgan. Poli past, zinapoyalar va podiumning yoʻqligi tufayli yoʻlovchilar (shu jumladan, pensionerlar, aravachalarda harakatlanuvchi yoʻlovchilar, alohida ehtiyojli kishilar) salon boʻyicha erkin harakatlana oladi.

Qayd etilishicha, elektrobus bir necha kun davomida amalda sinovdan oʻtkaziladi, tashuvchi va yoʻlovchilarning fikrlarini inobatga olgan holda har kuni monitoring oʻtkaziladi. Tajribaga asoslanib, yil oxirigacha yana 100 ta elektrobus keltirilib, yoʻnalishlarga joylashtiriladi.
Izohlar
Hozircha hech kim fikr bildirmagan. Balki Siz birinchilardan bo'larsiz?
Izoh qoldirish uchun tizimga kiring