“Buxoro – Kogon” yoʻnalishida elektrobus harakatlanmoqda

15:02 29 Mart 2022 Jamiyat
972 0

Foto: Arxiv foto

Buxoro va Kogon shahrini bogʻlovchi yoʻlda sinov tariqasida elektrobus qatnay boshladi.

Bir paytning oʻzida 80 nafargacha yoʻlovchini sigʻdira oladigan, elektr toki vositasida harakatlanuvchi bu avtoulov 2,5 soatlik quvvat evaziga 350 kilometrgacha masofani bosib oʻtadi. Atmosferaga zararli gaz chiqarmaydi. Demakki, ekologiyaga zararli taʼsiri yoʻq. Dizel yonilgʻisi hamda gazda harakatlanadigan avtobuslar bilan qiyoslaganda iqtisodiy jihatdan ancha tejamkor. Yoʻlovchilar, xususan, jismonan imkoniyati cheklangan fuqarolar uchun ham qulayliklar yaratilgan. Ular elektrobusda mobil aloqa vositalarini quvvatlantirish imkoniga ham egalar.

Xoʻsh, elektrobuslar boshqa yoʻnalishlarga ham qoʻyiladimi?

Buxoro viloyat transport boshqarmasidan bildirishlaricha, bu koʻp jihatdan mutaxassislarning oʻrganish va xulosalari, yoʻlovchilarning fikr – mulohazalariga bogʻliq.

Istam IBROHIMOV,

“Xalq soʻzi”.

Tavsiya etamiz

Izohlar

Hozircha hech kim fikr bildirmagan. Balki Siz birinchilardan bo'larsiz?

Yangiliklar taqvimi

Кластер