Bugungi kunda 5 615 ta taʼmirtalab koʻp qavatli uylar taʼmirlandi

17:00 14 Dekabr 2023 Jamiyat
499 0

Bu haqda AOKAda oʻtkazilgan brifingda Qurilish va uy-joy kommunal xoʻjaligi vazirligi boshqarma boshligʻi Obidjon Moʻminov maʼlum qildi.

Shundan: 2 055 ta uyning 946 ming кв.метр tom qismi, 4 855 ta kirish yoʻlaklari, 2 762 ta elektr taqsimlovchi shitlar, 1 631 ta yertoʻla qismidagi muhandislik-kommunikatsiya tarmoqlari taʼmirlandi hamda 1 618 ta kodli qulfli temir eshiklar va 5 748 кв.метр framuga oyna romlar oʻrnatildi.

4 855 ta koʻp qavatli uydagi kirish yoʻlaklariga 61,2 mingta harakat datchikli lampalar oʻrnatildi va natijada bir sutkada 73,5 ming kVt soat elektr energiyasi iqtisod qilishga erishildi.

Jami 13 950 ta obyekt oʻrganildi shundan, 7 177 ta obyektlarda muammolar aniqlandi. Jumladan, 5 570 ta koʻp qavatli uy, 161 ta bogʻcha, 134 ta maktab, 34 ta poliklinika, 28 ta shifoxona, 10 ta sport-sogʻlomlashtirish obyektlari, 17 ta mahalla binosi va boshqa obyektlarda muammolar aniqlandi.

Shundan, 6 317 ta koʻp qavatli uy, ijtimoiy soha va boshqa obyektlarda aniqlangan 11 406 ta muammoli masalalar bartaraf etildi.

Tavsiya etamiz

Izohlar

Hozircha hech kim fikr bildirmagan. Balki Siz birinchilardan bo'larsiz?

Yangiliklar taqvimi

Кластер